Eldor Shomurodov avgustda RPLning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi

0
11
marta oʻqilgan

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov avgust oyi yakunlari bo‘yicha Rossiya premer-ligasining (RPL) eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

korrespondent uz 046
Foto: Sports.uz

24 yoshli Eldor Shomurodov ham ishqibozlar, ham RPL va «Match Premer» kanali ekspertlari tomonidan bir ovozdan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Avgustda «Rostov» uchta g‘alabani qo‘lga kiritdi — Qozonning «Rubin» (2:1), Samaraning «Krilya Sovetov» (1:0) va Moskvaning «Lokomotiv» (2:1) jamoalarini mag‘lubiyatga uchratib, Yekaterinburgning «Ural» (2:2) klubi bilan durang o‘ynadi hamda «Ufa»dan yengildi (0:2). Eldor Shomurodov besh o‘yinda beshta gol urib, yettita gol bilan golurarlar ro‘yxatidan o‘rin oldi.

2017-yilda Eldor Shomurodov Rossiyaning «Rostov» jamoasi bilan 2,5 yillik shartnomani imzolagan edi. U ilk golini «Akmara»ga qarshi mehmondagi uchrashuvda kiritdi (1:0). May oyi oxirida «Rostov» u bilan yana uch yilga, iyunda esa besh yilga shartnoma imzoladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting