Oʻzbekistonda yana bir telekanal ish boshladi

0

Bugun soat 12:00dan “Oʻzbekiston tarixi” telekanali oʻz efirlarini uzatishni boshladi, deb xabar qildi OʻzA.

korrespondent uz 033
Foto: UzA

Yangi telekanal “UzHD” telekanali negizida tashkil qilindi va u 5 yoʻnalishda faoliyat yuritadi. Har bir yoʻnalish 5 tahririyat tomonidan amalga oshiriladi: “Oʻzbekiston tarixi“, “Jahon tarixi va tsivilizatsiya“, “Arxeologiya va muzeylar“, “Ilmiy-ommabop filmlar“ tahririyatlari hamda “Tezkor dublyaj“ studiyasi, deyilgan xabarda.

Har bir tarkibiy boʻlinma qoshida FA bilan Memorandum doirasidagi kelishuvga asosan Ekspertlar kengashi faoliyat yuritadi. Shuningdek, shtat asosida ilmiy kotib va maslahatchi ishlaydi.

Qaror bilan yuklangan ustuvor vazifa – munozara maydonchasi tashkil qilingan, yaʼni toʻgʻridan-toʻgʻri efirda bahs imkonini beruvchi yuqori tiniqlikda ishlovchi studiya ajratilgan.

Shuningdek, davra suhbati, intervyularga moʻljallangan kichik studiya hamda akademik dars uchun zamonaviy jihozlangan sinf xonasi tashkil qilingan. Dasturlar HD formatda, 24 soat uzluksiz efirga uzatiladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting