Gran-pri o‘zbekistonlik san’atkorga nasib qilgan «Sharq taronalari» yakunlandi (fotogalereya)

0

Samarqand shahrida 12-marta tashkil etilgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqiy festivali yakunlandi. Festivalning oxirgi kunida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Unga ko‘ra 3 ta jamoa uchinchi, 2 ta jamoa ikkinchi, 2 ta jamoa birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Gran-pri esa bitta jamoaga nasib qildi.

Tojikistonning «Badaxshon», Rossiyaning «Ayarxan» jamoalari hamda o‘zbekistonlik Azizjon Abduazimov va Ulug‘bek Elmurodzoda dueti uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ularga maxsus mukofot bilan birga 2 ming AQSh dollaridan pul mukofoti berildi.

Mo‘g‘ulistonning «Xatan» va Turkmanistonning «Archabil» jamoasi ikkinchi o‘rinni egallab, maxsus sovrin hamda 3,5 ming AQSh dollaridan mukofot olishdi. Birinchi o‘ringa ozarboyjonlik Parviz Gasimov hamda Qirg‘izistonning «Qomuzchilar» guruhi munosib ko‘rildi. Ularga 5 ming AQSh dollaridan pul mukofotlari berildi.

Gran-pri o‘zbekistonlik Mehrinigor Abdurashidovaga nasib qildi. O‘zbekistonlik san’atkor 10 ming AQSh dollari bilan mukofotlandi. Shuningdek qo‘shimcha nominatsiyalarda ham g‘oliblar taqdirlandi. «Mehr-oqibatni tarannum etgani uchun» sovrini Estoniyaning «Ruut» guruhiga nasib qildi. «Musiqa san’ati jonkuyari» yo‘nalishida Hindistonning «Debapriya va Samanvaya» guruhi g‘olib bo‘ldi.

Eronning «Xaray» ayollar jamoasiga «An’analarga sodiq qolganiligi uchun» maxsus sovrin berildi. «Qadriyatlar davomchisi» nominatsiyasida Qozog‘istonning «Babalar sazi» guruhi birinchi bo‘ldi. Samarqand shahar hokimligining maxsus sovrini AQShlik «Xenxauz Prouvlers» guruhiga nasib qildi. Bu nominantlarga 500 AQSh dollaridan mukofotlar berildi.

korrespondent.uz 001

korrespondent.uz 002

korrespondent.uz 003

korrespondent.uz 004

korrespondent.uz 005

korrespondent.uz 006

korrespondent.uz 007

korrespondent.uz 008

korrespondent.uz 009

korrespondent.uz 010

korrespondent.uz 011

korrespondent.uz 012

korrespondent.uz 013

korrespondent.uz 014

korrespondent.uz 015

korrespondent.uz 016korrespondent.uz 017

korrespondent.uz 018

korrespondent.uz 019

korrespondent.uz 020

korrespondent.uz 021

korrespondent.uz 022

korrespondent.uz 023

korrespondent.uz 024

korrespondent.uz 025

korrespondent.uz 026

korrespondent.uz 027

korrespondent.uz 028

korrespondent.uz 029

korrespondent.uz 030

korrespondent.uz 031

korrespondent.uz 032

korrespondent.uz 033

korrespondent.uz 038

korrespondent.uz 034

korrespondent.uz 035

korrespondent.uz 036

korrespondent.uz 037

korrespondent.uz 039

Fotosuratlar muallifi Bexzod Abdujabborov

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting