BAA O‘zbekiston vakillarini Dubayda bo‘ladigan gender tenglik bo‘yicha xalqaro forumga taklif qildi

0

O‘zbekiston Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Sayyora Baratova 28-avgust kuni BAA Vazirlar Mahkamasi va kelajagi ishlari bo‘yicha vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Senat matbuot xizmati.

Foto: Senat matbuot xizmati

Xabar berishlaricha, uchrashuvda gender tenglik, ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalari, shuningdek, bu boradagi milliy va xorijiy tajriba yuzasidan fikr almashilgan.

“Delegatsiya a’zolari shu yil Dubay shahrida gender tenglik bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazilishi haqida axborot berib, ushbu tadbirga O‘zbekiston vakillarini taklif qildi”, — deyiladi Senat matbuot xizmati axborotida.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting