“Nihol“ mukofoti sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

0

29-avgust kuni poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi“ saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun ta’sis etilgan “Nihol“ mukofoti sohiblarini tantanali taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

korrespondentuz 0689

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevning ta’kidlashicha, yoshlar uchun tashkil etilayotgan ko‘plab ijodiy tanlovlar ular iste’dodini charxlash, bezavol unib-o‘sishi, xalqqa tanilishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. E’tiborga molik jihati, bu yilgi “Nihol“ mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantana “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!“ degan ezgu shiorni o‘zida mujassam etgan tadbirlarning uzviy qismini tashkil etadi.

korrespondentuz 0690

“Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivali ochilish marosimidagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigida aytgan “Har qanday mukammal texnika vositasi ham tirik inson nafasini, uning yurak nolalarini, jonli ovoz jozibasini, chinakam san’at o‘rnini hech qachon bosolmaydi”- degan so‘zlarini ko‘rdik”.

korrespondentuz 0691

Muazzam sahnada musiqa san’atining rang-barang yo‘nalishlarida betakror ijro tomoshabinlarga unutilmas zavq, bir dunyo taassurotlarni ulashdi. Jozibali musiqiy dastur mamlakatimiz iste’dod sohiblariga naqadar boyligini yana bir karra namoyon etdi.

Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev barcha “Nihol“ mukofoti sohiblarini Madaniyat vazirligi nomidan samimiy qutlar ekan, ularga yangi ijodiy yutuqlar, muxlislarning olqishi va mehr-muhabbati tark etmasligini tiladi.

korrespondentuz 0692

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun
“Nihol-2019” mukofoti sovrindorlari:

Mumtoz qo‘shiq yo‘nalishi
  1. Torebekov Muxammed
  2. Baxtibaev Adilbek Toli’bay uli’
  3. Toxirov Doston Sobirjon o‘g‘li
  4. Xushvaqtov Axror Eshmurodovich
  5. Mansurova Nodira Ozod qizi
Musiqa ijrochiligi
  1. Islamova Diyorabonu Farxodbek qizi
  2. Turabova Muxlisa Qahramon qizi
  3. Asqarov Toxirjon Abduqahhor o‘g‘li
  4. Axadjonov Asilbek Abdusalom o‘g‘li
  5. Naypak Vasilisa Romanovna
Opera ijrochiligi
  1. Baxodirov Baxtiyor Bobirjon o‘g‘li
  2. Toxirov Doston Sobirjon o‘g‘li
  3. Imamnazarova Xadicha Tulanbaevna
  4. Shexnazarov Ro‘ziboy Tojiboy o‘g‘li
Raqs san’ati
  1. Mirzaeva Dilnoza Bilolxon qizi
  2. Ochilov Ulug‘bek Botiralievich
  3. Ziyoeva Sitora Baxtiyor qizi
  4. Xasanova Yoqutxon Baxodirjon qizi
Estrada san’ati
  1. Nazarov Anatoliy Tixonovich
  2. Mirzaev Anvar Furqat o‘g‘li
  3. Muzaffarova Mushtariy Muzaffar qizi

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting