HUMO bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshladi

0

HUMOning 250 dan ortiq bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

korrespondentuz 0687
Foto: Sputnik

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston aholisi, chet ellik mehmonlar va sayyohlarga Visa xalqaro kartalaridan milliy valyutada mablagʻlarni yechish imkoniyati taqdim etildi.

Bankomatdan milliy valyutada naqd pul mablagʻlarini berish uchun komission haqni bankning oʻzi belgilaydi.

Turistik shaharlarda milliy valyutada pullarni yechib olish imkoniyatini beruvchi HUMO bankomatlari yirik diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, bozorlar va h.k. atrofidagi 24/7 shoxobchalarida joylashgan.

Joriy yilning may oyida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Visa kompaniyasi Oʻzbekistonda raqamli toʻlovlar infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish maqsadiga qaratilgan Oʻzaro hamjihatlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandumi imzolangan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting