Sherzod Kudbiyev prezident maslahatchisi bo‘ldi

0

O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Davlatovich Kudbiyev prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi. U 2018-yil aprelida Mehnat vazirligi rahbari lavozimiga tayinlangan edi.

korrespondentuz 0686
Foto: Gazeta.uz

Sherzod Kudbiyev (1981 y. t.) Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan (mutaxassisligi — moliya va kredit). Vazir bo‘lishiga qadar Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2015−2016-yillarda Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Avvalroq — 2012−2015-yillarda — Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi (hozirgi — Bandlik va mehnat munosabat lari vazirligi) Aholi bandligi, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish respublika ilmiy markazi direktori lavozimida ishlagan.

2010−2012-yillarda Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi departamentida yetakchi va bosh mutaxassis, 2007−2010-yillarda Mehnat vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

Umar Ismoilovni prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Endilikda u Sherzod Kudbiyevning o‘rinbosari hisoblanadi.

Umar Ismoilov 2003—2006-yillarda davlat maslahatchisi o‘rinbosari — prezident devoni tashkiliy-nazorat xizmati kadrlar bilan ishlash xizmati rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Turli yillarda prezidentning mudofaa masalalari bo‘yicha maslahatchisi, tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting