Milliy bank va Xitoy davlat taraqqiyot banki 500 million yuani miqdorida kredit shartnomasini imzoladilar

6

2019-yil 26-avgust kuni Pekinda (XXR) O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasining beshinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (O‘zmilliybank) 500 million Xitoy yuanida kredit liniyasini jalb qilish uchun Xitoy Davlat taraqqiyot banki (XDTB) bilan kredit shartnomasini imzoladi.

korrespondentuz 0685
Foto: Central Parking

Ushbu shartnoma yettinchi kelishuv bo‘lib, bu ikki bank o‘rtasida mustahkam o‘rnatilgan hamkorlikdan dalolat beradi. XDTB bilan o‘zaro ishlash tajribasi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha sohalarida muhim investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish samaradorligini namoyish etadi. Shu bilan birga, Xitoy yuanida kredit bitimining imzolanishi Milliy bankning Xitoyning yetakchi moliya instituti bilan hamkorlik tarixidagi birinchi bunday hujjatdir.

Xitoy yuanida moliyalashtirishni jalb qilishning asosiy afzalligi LIBOR stavkasidagi sakrashlarga bog‘liqlik yo‘qligi. Bundan tashqari, yuandagi tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar boshqa davlatlarning valyutalarida to‘lovlarni amalga oshirishda valyuta konversiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytiradi. Xitoy yuanidagi kreditlar kursning o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlarni kamaytiradi, va Milliy bank mijozlariga uzoq muddatli moliyalashtirishda yanada qulay shart-sharoitlarni taqdim etadi.

Shu bilan birga, ushbu kelishuv Xitoy yuanida yangi to‘lov usullaridan foydalanishni nazarda tutadi, shu bilan Xitoy yuanidagi to‘lovlar Xitoyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beruvchining hisobiga o‘tkaziladi, bu esa ikki mamlakat va sheriklar o‘rtasidagi to‘lovlarni amalga oshirish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi.

Moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi ikki tomonlama munosabatlarga va ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga yangi turtki beradi, shuningdek qulay shart-sharoitlarda kredit resurslarini jalb qilish imkoniyatini beradi. Bu esa O‘zbekistonda yangi yirik investitsiya imkoniyatlarini yaratadi.

Ma’lumot o‘rnida, Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki (XDTB) 1994-yil mart oyida yirik sanoat tarmoqlarini, shu jumladan energetika va transportni rivojlantirishni modernizatsiya va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan davlat loyihalarini moliyalashtirish uchun tashkil etilgan. Xitoy moliya institutining asosiy maqsadi iqtisodiiyot rivojlanishi va strategik tarkibiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlab, markaziy hukumatning makroiqtisodiy siyosatini tartibga solish. XDTBning asosiy faoliyati uzoq muddatli kredit berish va obligatsiyalar chiqarishdir.

6 Izohlar

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting