Rossiya tovarlarni markirovka qilishda Oʻzbekistonga yordam beradi

0

Oʻzbekiston Soliq qoʻmitasi hamda Rossiya Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi oʻzaro hamkorlik qilish haqida memorandum imzolashdi. Ushbu haqidagi Hukumat qarorining loiyihasi Normativ-huquqiy hujatlarni muhokama qilish sahifasi xabar bermoqda.

korrespondentuz 0682
Foto: Sputnik

“Tovarlarni bosqichma-bosqich markirovka qilish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi” qonun loyihasi 11 sentyabrga qadar muhokamada boʻladi.

Hujjatda aytilishiga koʻra, Rossiyaning Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi (ITRM)hamda Oʻzbekiston Davlat Soliq qoʻmitasi Oʻzbekistonda alohida mahsulotlarni raqamli markirovka qilish va ularni kuzatib  borish loyihalarini amalga tadbiq etishda birgalikda harakat qilishadi.

Shuningdek, ITRM Oʻzbekistonda “CRPT TURON” nomli MJCH tashkil qilgan va sentyabr oyidan boshlab alohida tovarlarni markirovka qilish jarayonini joriy etadi. Dastlabki bosqichda tamaki, pivo va alkogolli mahsulotlar markirovka qilinadi.

Dastlabki bosqich 2020 yilning aprel oyigacha moʻljallangan boʻlib, ushbu sanadan soʻng markirovka qilinadigan mahsulotlar soni kengaytiriladi hamda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan mahsulotlarning elektron bazasi tuziladi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Rossiyada ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan har bir alkogolli ichimlik zavoddan chiqqanidan boshlab to magazinda sotilganicha kuzatuv ostida boʻladi. Ushbu chora soxta alkogolli ichimliklar ishlab chiqarishga qarshi kurashning eng samarali usuli sifatida qabul qilingan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting