Toshkent fotosuratlar uyida Birinchi Prezident xotirasiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi

0
korrespondentuz 0677
Foto: Islom Karimov fondi

Toshkent fotosuratlar uyida Birinchi Prezident xotirasiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston xalqaro e’tirof yo‘lida” nomli fotoko‘rgazma ochildi. Bu haqda Islom Karimov fondi xabar bermoqda.

korrespondentuz 0678
Foto: Islom Karimov fondi

Ko‘rgazma Birinchi Prezident xotirasi haftaligi doirasida tashkillandi.

Uning ekspozitsiyasida ko‘p yillar davomida Birinchi Prezident matbuot xizmatida ishlagan Farhod Qurbonboyev, shuningdek, Temur Qurbonboyevning fotosuratlari namoyish etilmoqda.

korrespondentuz 0679
Foto: Islom Karimov fondi

Ko‘rgazmada 100 dan ortiq tarixiy fotosurat taqdim etilgan. Ularda Islom Karimovning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy va jamoat arboblari bilan uchrashuvlari, turli xalqaro tadbirlardagi ishtiroki aks etgan.

 

 

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting