“Sharq taronalari” oldidan mashhur bastakor va sozanda Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyi ochildi

0

Samarqand shahridagi Ko‘kmasjid mahallasida O‘zbekiston xalq hofizi, mashhur bastakor va sozanda Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyi “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi musiqa festivali oldidan bugun buyuk san’atkorning uy-muzeyi tantanali ochildi.

korrespondentuz 0672

Hoji Abdulaziz Abdurasulov 1852-1936-yillarda Samarqandda yashab, ijod qilgan taniqli bastakor, o‘zbek maqom san’ati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan betakror ovoz sohibidir. U yaratgan “Guluzorim”, “Gullar bog‘i”, “Beboqcha” “Bozurgoniy”, “Samarqand ushshog‘i” kabi yuzlab qo‘shiqlar mumtoz musiqa merosimizning eng noyob asarlari qatoridan joy olgan.

korrespondentuz 0673

Shashmaqomni o‘rganish va keng targ‘ib etishda Hoji Abdulaziz Abdurasulovning xizmatlari katta bo‘lgan. Samarqand maqom yo‘llari, soz chalish va ashula aytish bo‘yicha ko‘plab yoshlarga ustozlik qilgan, ularga o‘z san’atini o‘rgatgan. Jumladan, O‘zbekiston xalq artisti Yunus Rajabiy ham uning Samarqanddagi xonadonida yashab, hofizdan saboq olgan.

Ushbu maskan Samarqand musiqa va qo‘shiqchilik san’ati tarixini, an’analarini o‘rganish va targ‘ib etishga xizmat qiladigan ma’rifat

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting