Onlayn auksionda sotilgan avtomobil raqamlari qiymati 245 mlrd so‘mdan oshdi

0

Birjaning “Avtoraqam” elektron savdo platformasi ishga tushirilgan paytdan boshlab umumiy qiymati 245 mlrd so‘mdan yuqori 50 mingta avtomobil raqam belgilari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

korrespondent uz 006

Bitta bitimning o‘rtacha qiymati 5 mln so‘mni tashkil etdi.

2017-yildan buyon yuridik va jismoniy shaxslar avtoraqamlar sotuvi bo‘yicha o‘tkaziladigan savdolarda vositachilarning ishtirokisiz, ya’ni bevosita o‘zlarining shaxsiy kabineti orqali ishtirok etishadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisini oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha xarid qiladigan yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlarining shaxsiy kabinetidagi login va parolni tegishlicha saqlanishi va xavfsizligi uchun to‘liq javob beradi.

2019-yil onlayn auksionda 72,3 mlrd so‘mlik 17 448 avtoraqamlar sotildi. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 4,1 mln so‘mni tashkil etdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting