Prezident qaroriga binoan energiya tejovchi uskunalar xarid qilganlarga kompensatsiyalar beriladi

Prezident “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjatni imzoladi.

korrespondent uz 005
Foto: Google Images

Qarorga binoan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi:

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 5 yil muddatga soliqning barcha turlarini to‘lashdan;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga mol-mulk solig‘inihamda ushbu qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan;
  • ishlab turgan energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash uchun mo‘ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan e’tiboran 3 yil muddatga yer solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

2020 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30%i miqdorida, biroq:

  • quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun — 3 mln so‘mdan;
  • quyosh suv isitkichlar uchun — 1,5 mln so‘mdan;
  • gaz-gorelkali qurilmalar uchun — 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etiladi.

2019-yil 1-sentabrdan ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalar O‘zbekiston hududiga olib kirish taqiqlanadi.