O‘zbekistonlik tadqiqotchi xotin-qizlar Schlumberger Foundation dasturida ishtirok etishlari mumkin

0

O‘zbekistonlik tadqiqotchi xotin-qizlar Schlumberger Foundation dasturida ishtirok etishlari mumkin.

korrespondent uz 003
Foto: Schlumberger Foundation

Schlumberger Foundation tashkiloti rivojlanayotgan mamlakatlardagi tadqiqotchi ayol-qizlarni 2020−2021-yillar uchun “Faculty for the Future” dasturida ishtirok etishga chorlab, tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish yoki davom ettirishga ko‘mak beradi.

Uzoq muddatga ko‘zlangan mazkur dastur ayollarning bilim olishga, tadqiqotchilik faoliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

STEM fanlari bo‘yicha malakasini oshirib qaytgan xotin-qizlar yurtlariga qaytgach, o‘z vatanlari iqtisodiyoti rivojlanishiga hissa qo‘shishlari, jamiyatda yuqori martabalarga erishishlari maqsad qilib qo‘yilgan. Dastur o‘z navbatida o‘z navbatida gender va ijtimoiy tenglik tamoyillarini mamlakatdan ham ilgari suradi.

Dastur bo‘yicha maksimal grant miqdori — doktorlik dasturlari uchun yiliga 50 000 $gacha va postdoktorlik dasturlar uchun 40 000 $gacha.

Grantlar o‘qish tugagunga qadar uzaytirilishi mumkin. Grantlarni uzaytirish to‘g‘risida qaror natijalar, introspektsiya, ilmiy rahbarlarning tavsiyalari va stipendiya dasturining oxirida o‘z mamlakatiga qaytishini tasdiqlovchi ishonchli dalillar asosida qabul qilinadi.

2004 yili dastur tashkil etilganidan beri 80 mamlakatdan 721 nafar olima PhD va postdoktorantura tadqiqotlarini amalga oshirish maqsadida grantlar sohibiga aylandilar.

Arizalar 5-sentabrdan 7-noyabrga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting