Senat Markaziy saylov komissiyasining yangi a’zolarini sayladi

0

Oliy Majlis Senati shanba kuni 21-yalpi majlisda O‘zbekiston Saylov komissiyasining yangi a’zolarini sayladi, deya xabar qildi «Gazeta.uz».

korrespondent uz 002
Foto: Gazeta.uz

Quyidagilar MSKning yangi a’zolari bo‘ldi:

  • «Hunarmand» uyushmasining Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Muhayyo Abdugabbarovna Jo‘rayeva;
  • Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorat departamenti bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Adham Ibodullayevich Ibodullayev;
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilm-fan va innovatsiya bo‘yicha prorektori Gulnoza Saydig‘anixo‘jayevna Ismoilova;
  • Namangan davlat universitetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Alisher Ahmadjonovich Isoqboyev;
  • Buxoro viloyat tibbiy diagnostika markazi direktori Iroda Misirovna Kenjayeva;
  • Farg‘ona viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengash apparati yuridik bo‘limi mudiri Orzigul Muydinovna Qozixonova;
  • Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Tojitdinovich Qudratxo‘jayev;
  • Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o‘quv-metodik va ilmiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xudoyor Teshayevich Mamatov;
  • Andijon viloyat hokimiyatining tashkiliy-nazorat guruhi bosh mutaxassisi Bahodirjon Jaloldinovich Yunusov.

Senat, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari A. K. Mirzayev, A. T. To‘raxo‘jayev, Yo. T. Fattoyev va T. Shirinovning vakolatlarini ularning arizalariga binoan bekor qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning dekabrida O‘zbekiston parlamenti va mahalliy vakillik organlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting