Sharof Muqimov Hosila Rahimovaning qiziga uylandimi?

0

korrespondentuz 0671

O‘zbek estradasi xonanadasi Sharof Muqimov bir oy avval turmush qurgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalgan edi.

Yaqin kunlarda esa xonandaning o‘z hamkasbi Hosila Rahimovaning qiziga uylangani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Jurnalist Mirolim Isajonov bilan suhbatda Sharof Muqimov ushbu xabarga izoh bildirdi.

– Yaqinlarim, do‘stlarim yana uylanishimga undayverishgach, oxiri bir qarorga keldim va oila qurdim. Umr yo‘ldoshimning san’at sohasiga aloqasi yo‘q. Iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladi, talaba. Tushungan, ziyoli oilaning farzandi. Muhimi, bilimli va aqlli qiz. Shunday bo‘lmag‘ur gap-so‘zlar qayerdan paydo bo‘ladi va kim tarqatishiga doim hayron qolaman. Eshitgan ma’lumotingiz yolg‘on. Rafiqam Husnoraxon ham surxondaryolik, ijodimga befarq bo‘lmagan muxlisim. U bilan to‘y xizmatida tanishganmiz. Rishtalarimizni bog‘lashimizga san’atkorlarning aloqasi yo‘q.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting