Qariyb 40 mln kub metr gaz o‘g‘irlangani aniqlandi

0

1-yanvardan 15-avgustgacha hammasi bo‘lib tegishli hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgan 1763 nafar iste’molchi aniqlandi. Aybdorlarga tegishli chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga topshirilgan bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra noqonuniy tarzda foydalanilgan gaz miqdori 39 mln 780 ming kub metrni, ya’ni 40 mlrd so‘mni tashkil etadi, deya xabar qildi O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati.

korrespondentuz 062
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Birgina avgust oyining birinchi 15 kunida tegishli hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgan 187 ta ulgurji iste’molchi aniqlangan bo‘lib, noqonuniy foydalanilgan gaz hajmi 3 mln. 200 ming kub. metrni, shunindek 3 mlrd. sumni tashkil etgan.

Misol uchun, Navoiy viloyatining Karmana tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi «Bahor Inter Aziya» korxonasi tomonidan 417 ming kub metr gaz o‘g‘irlagan. Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan «Jarqo‘rg‘onneft» AJga qarashli «Qumqo‘rg‘on Estakadasi”da 213 ming metr kub gazni qonunga zid tarzda iste’mol qilingan. Shu kabi holatlar ohak ishlab chiqaruvchilari tomonidan sodir etilgan. Jumladan, «Qirobod mavjlari» MCHJ (Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani) 75 ming kub metr gazni talon-taroj qilgan, «Orbita globus» MCHJ (Toshkent shahri, Yashnobod tumani) tomonidan 219 ming kub metr gaz o‘g‘irlangan va «Domteks» MCHJ tomonidan (Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani) 330 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi.

Mamlakatning boshqa hududlarida yuqoridagi kabi qonunbuzarliklarni sodir etgan 101 ta iste’molchi fosh etilib, o‘g‘irlangan qimmatbaho tabiiy gaz miqdori 1 mln 396 ming kub metrni tashkil etishi aniqlandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting