Oʻzbekistonda radiatsiya darajasi oʻzgarmagan

0

Oʻzbekistonda 8-20-avgust kunlari radiatsiya fonida oʻzgarish kuzatilmagan. Bu haqda FVV xabar qildi.

korrespondentuz 058
Foto: novorosinform.org

Oʻzgidrometning atmosferada va sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlarida oʻtkazgan jismoniy jarayonlar tahlili shu kunlarda mamlakat hududi Turkmaniston orqali kirib kelgan Kaspiy dengizining janubi va Eron osmonidan shakllangan janubi-gʻarbiy havo massalari taʼsiri ostida boʻlgani koʻrsatgan.

Mamlakatda gamma nurlanishning ekspozitsion dozasi quvvatidagi oylik oʻrtacha daraja soatiga 0,16 mikrozivertga teng va u 0,08 mkzv/soatdan 0,24 mkzv/soatgacha tebranib turibdi (ekspozitsion dozaning mumkin boʻlgan eng oxirgi quvvat darajasi 0,30 mkvz/soatga teng).

Qayd etilishicha, koʻrsatib oʻtilgan davrda bu koʻrsatkich respublikada 0,15 mkzv/soat, Toshkentda esa eng yuqori daraja 0,16 mkzv/soatni tashkil etgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting