Tramp Apple kompaniyasini Xitoydan ketishga chaqirdi

0

AQSh prezidenti Donald Tramp Apple korporatsiyasini Xitoydan ishlab chiqarishni koʻchirishga chaqirdi. Bu haqda u Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis bilan uchrashuv natijalariga bagʻishlangan brifingda aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

korrespondentuz 057
Foto: Wikipedia

“Men Apple kabi, shunday Amerika kompaniyalariga qisqa vaqt ichida yordam bera olaman, ular qilishi kerak boʻlgan vaqtgacha: ehtimol, Xitoydan ketish”, – dedi AQSh yetakchisi.

Uning soʻzlariga koʻra, uning yordamisiz yirik korporatsiyada katta muammolar boʻlardi. Soʻnggi bir yarim oy ichida Xitoy ikki million ishchi oʻrinni yoʻqotdi, chunki ayrim kompaniyalar AQShning bojlari amal qilmaydigan joylarga oʻz ishlab chiqarishni koʻchirmoqda.

“Ular bundan ham koʻproq yoʻqotadi”, – deydi AQSh prezidenti.

Iyun oyida Apple Xitoyda Mac Pro (avval ular AQShda ishlab chiqarilgan) kompterlarini yigʻishni rejalashtirgani haqida xabarlar paydo boʻldi.  Tramp bunga eʼtiroz bildirmadi, ammo Xitoydan keltiriladigan qismlardan ham boj undirilishi haqida ogohlantirdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting