O‘zbekistonda Cobalt’lar nosoz ishlab chiqarilayotgani ma’lum bo‘ldi

0

O‘zA O‘zbekistonda Cobalt mashinalari nosoz ishlab chiqarilayotgani to‘g‘risida “Cobaltlar nega nosoz ishlab chiqarilmoqda?” nomli maqola chop etdi. Unda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi yetakchi mutaxassisi Gulnoza Sharafova bunga munosabat bildirgan.

korrespondentuz 053
Foto: Drivers Village

Dolzarb bir muammoni yoritishdan avval internet saytlarida tarqalgan mutaxassislar tomonidan o‘zbek avtomobil sanoatidagi nozik jihatlardan biriga qaratilgan fikrlarni keltirib o‘tsam…

“Bugun ko‘chalarimizni to‘ldirib yurgan o‘zimizning avtoulovlarni ko‘rib, dilimiz yayraydi. Faxr bilan aytamiz: o‘zimizniki! Ammo tanganing ikkinchi tomonida dilga g‘ashlik soladigan bir jihat bor “o‘zimizniki” o‘zimizga qimmatga tushmayaptimi? Keling, shu haqda fikrlashamiz. Gapni tarixdan boshlasak. 1996-yil Asakada Uz Daewoo zavodi ishga tushganida barchamiz “Endi xorijdan tuya bahosida ot olib kelmaymiz, o‘zimizning mashinalarimizni minamiz”, deya xursand bo‘lganimiz bor gap. O‘shanda zavod ishlab chiqargan Nexia’ning narxi 7 ming dollar atrofida edi. Keyinchalik xorijda ishlab chiqariladigan avtomashinalarga to‘lanadigan import bojxona to‘lovlarini keskin ko‘tarilishi natijasida faqat “o‘zimizniki” ni xarid qiladigan bo‘ldik”…

Yuqorida keltirilgan fikrlarni o‘qir ekanmiz bu — bugun ko‘plab yurtdoshlarimizni ich-ichidagi og‘riqlari ekaniga amin bo‘lamiz. Avtomashinalarning narx-navosi o‘z yo‘liga-yu, shuncha pulga sotib olinayotgan ulovning sifatiga kim kafolat beradi?

Bugun Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga kelib tushayotgan murojaatlar orasida milliy avtomashinalarimiz yuzasidan ham noroziliklar uchrab turibdi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, yillar davomida zarur ehtiyojlardan pul orttirib, yig‘ib yangi avtomashina xarid qilsangiz-da, bir-ikki kunda uning nuqsonlari ko‘zga tashlansa, bunday hol hammaning dilini xufton qilishi tayin. Dili xuftonlarni esa yetarlicha topish mumkin.

Federatsiyasining Andijon shahar mutasaddilari fuqaro A.Xaydarov jamiyatga bergan yozma arizasini o‘rganib chiqdi. Ushbu murojaatda Andijon shahar “Andijon Avtotexxizmat” MChJ diler markazi tomonidan 2018-yilning 19-oktabr kuni Cobalt (GS/16MTV) rusumli avtomobilini sotib olgani, lekin ma’lum bir muddatdan so‘ng, fuqaro avtomashinada yashirin defekt borligini sezib qolib, uning yaroqlilik muddati tugamasdan turib dilerlik markaziga ma’lum qiladi. Ammo ushbu dilerlik markazi yetkazilgan ziyonni qoplashdan bosh tortayotganidan noroziligini bildiradi.

Federatsiya mutaxassislarining o‘rganish ishlari natijasida murojaatchi haqligi aniqlanib, fuqaroga “Andijon Avtotexxizmat” MChJ tomonidan Cobalt (GS/16MTV) mashinasidagi barcha nuqsonlar va muammolar bartaraf etib, iste’molchiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Avvalroq, Buxoro shahri Mohi Xosa ko‘chasida “Sitora avto savdo” MChJ avtosalonidan sotib olingan Cobalt avtomobilida ham nuqsonlar borligi aniqlangan va Federatsiya aralashuvidan so‘ng iste’molchiga nuqsonli avtomashina yangisiga almashtirib berilgandi.

Xuddi shunday yangi avtoulovdagi nuqson sabab murojaat qilgan fuqarolardan yana biri Navoiy viloyati Zarafshon shahri 12-kichik tumanda yashovchi Asror Sadirovdir. U o‘z arizasida ma’lum qilishicha, fuqaro 2019-yil aprel oyida “Navoiy-avtosavdo” avtosalonidan 84 164 910 so‘mga Cobalt avtomobilini sotib olgan. Oradan bir oylar o‘tib, avtomashinaning nuqsonlari paydo bo‘la boshlagan. Ya’ni avtomobilning isitish moslamasi talab darajasida ishlamagan, old qismi oynasida esa nuqson borligini bilib, bu haqda avtosalon mutaxassislariga xabar qilganligini ma’lum qildi. Ammo hech qanday natija bo‘lmaganligi oradan vaqt o‘tib ketayotganligi va yuqoridagi arizasi yuzasidan amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.

Ariza qonuniy tartibda qabul qilinib, kuzatuv-o‘rganishlar olib borildi. Federatsiya tomonidan “Navoiy-avtosavdo” markaziga yozma murojaat xati yuborildi. Shundan so‘ng salon rahbariyati avtomashinaning nosoz joylarini tuzatib, old oyna qismini almashtirib berishini ma’lum qildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting