Farg‘ona viloyati arxiv boshqarmasi boshlig‘i xodimlarini uyida loy bosishga majburlagani bildirilmoqda

0

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati arxiv ishi boshqarmasi rahbari qo‘l ostidagi xodimlarni uyida loy bosishga majburlanishi haqidagi xabar “O‘zarxiv” agentligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi.

korrespondentuz 051
Foto: “Xalq so‘zi”

O‘rganish jarayonida 2019-yil 16-iyul kuni soat 6:00 dan 8:40 lar oralig‘ida jami 12 nafar xodim o‘z ixtiyori bilan hasharda ishtirok etganligi aniqlandi.

Hasharda ishtirok etgan xodimlarning har biri bilan, shuningdek, davlat arxivlarining boshqa xodimlari bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazildi.

Xodimlar hashar o‘tkazilayotganligini eshitib, o‘z ixtiyori bilan boshqarma boshlig‘i Yu.Kamolovning xonadoniga ishdan tashqari vaqtda borganligi, ularni hech kim majburlamaganligi, ishdan bo‘shatish bo‘yicha tahdidlar qilinmaganligi, ular tomonidan biror tashkilotga og‘zaki yoki yozma ravishda shikoyat qilinmaganligini bildirgan.

Shunday bo‘lsa-da, Farg‘ona viloyati arxiv ishi boshqarmasi boshlig‘i Yu.Kamolovga nisbatan rahbarlik etikasi va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etmaganligi, xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yarata olmaganligi sababli hayfsan e’lon qilindi hamda lavozimga loyiqlik masalasini ko‘rib chiqish belgilandi.

Agentlik majburiy mehnatning har qanday turini qoralishi hamda unga doimo qarshi turishini ma’lum qilingan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting