O‘zbekistonda avtomobillar importi ortib bormoqda

0

Joriy yilning yanvar-iyul oyida import tarkibida mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari ulushi 39,4% dan 44,8% gacha o`sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari dalolat beradi.

korrespondentuz 050
Foto: www.autostat.ru

Mazkur davrda 205 mln $lik yengil avtomobillar import qilindi, yanvar-may oyida esa bu ko‘rsatkich 154,6 mln $ tashkil etgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, import qilingan yuk avtomobillari va maxsus avtomobillar hajmi ortib, 296 mln $ni tashkil etdi.

“АвтоВАЗ” joriy yil O’zbekistonda qariyb 10 mingta Lada avtomobili sotishni rejalashtirmoqda, uch oy ichida kompaniya taxminan 1200 dona avtomobil sotdi.

Kompaniya joriy yilning ikkinchi yarmida rasmiy taqdimoti o‘tgan yilning avgust oyida bo’lib o’tgan Lada Vesta Sport’ni yetkazib berishni boshlash niyatida.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting