Oltin eksporti rekord ko‘rsatkichga yetdi

0

2019-yil yanvar-iyul oyida eksport hajmi 5,2 mlrd. $ga (o‘sish sur’ati 14,3%) teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

korrespondentuz 048
Foto: AzerNews

Joriy yilning yanvar-fevral oyida 1,2 mlrd $lik oltin eksport qilingan bo‘lsa, uch oy davomida oltin eksporti amalga oshirilmadi. Iyun oyida eksport qilingan oltin miqdori 2 mlrd $ga yetdi.

Yanvar-iyul oyida O‘zbekiston 10,8 mlrd $lik mahsulotlar eksport qilgan bo‘lsa, bundan 3,4 mlrd $ oltin hissasiga to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilning shu davrida esa mamlakat 1,5 mlrd $lik oltin eksport qilgan, 2017-yilda esa bu ko‘rsatkich 16 mlrd $ni tashkil etgan.

O‘zbekiston 2019-yil 80 tonna oltin eksport qilishi kutilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilgi oltin savdosi 2,9 mlrd. $ni tashkil qildi. O‘zbekiston oltini asosan Shvetsariyaga eksport qilingan.

Fevral oyida O‘zbekiston zaxiradagi oltin ulushini asta-sekin kamaytirishni va unga AQSh qimmatli qog‘ozlarini qo‘shishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting