AQSh Davlat kotibining oʻrinbosari Oʻzbekistonga kelmoqda

0

22 avgust kuni Toshkentga AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Devid Heyl boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

korrespondent uz 007
Foto: Sputnik

“Delegatsiya ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish uchun keladi”, – deyiladi xabarda.

AQSh delegatsiyasining tashrifi dasturidan Samarqand shahrida boʻlish ham oʻrin olgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov iyul oyida AQSh Davlat departamentida Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Devid Xeyl bilan muzokaralar oʻtkazgan edi.

Oʻshanda Devid Xeyl Vashington Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi mustahkamlanayotgan sheriklik munosabatlari borasida alohida urgʻulab, shunday konstruktiv ruhdagi munosabatlarni davom ettirishga, munosabatlarni yanada mustahkamlashga tayyorligini qayd etgandi.

Davlat departamenti vakili tez orada Oʻzbekistonga tashrif buyurishini maʼlum qilgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting