“Jasliq” qamoqxonasini yopish to‘g‘risidagi qarorga bir qator davlat tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar o‘z munosabatini bildirdi

0

Shavkat Mirziyoyevning “Jasliq” 19-son ixtisoslashtirilgan koloniyasini tugatish to‘g‘risidagi qaroriga bir qator davlat tuzilmalari, siyosiy doiralarning rasmiy vakillari, OAV va xalqaro tashkilotlar o‘z munosabatini bildirmoqda deb yozadi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

korrespondent uz 003
Foto: BBC

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells o‘zining Twitter’dagi akkauntida quyidagilarni yozib qoldirgan: “Biz O‘zbekistonning yomon nom chiqargan “Jasliq” qamoqxonasini yopish to‘g‘risidagi e’lonini qo‘llab-quvvatlaymiz. O‘zbekistonda inson huquqlarini yaxshilash uchun hali oldinda ko‘p ishlar turibdi, biroq ushbu zulm maskanining tugatilishi islohotlar yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi”.

AQSh Davlat Departamentining Inson huquqlari, demokratiya va mehnat byurosi quyidagicha munosabat bildirgan: “Biz “Jasliq” qamoqxonasini yopish to‘g‘risida e’lon qilgani uchun O‘zbekistondan minnatdormiz. Inson huquqlari jamiyatlari bu to‘g‘risida deyarli so‘nggi 20 yil davomida so‘rab kelayotgan edi”.

Yevropa Ittifoqining “Jasliq” jazoni o‘tash koloniyasi yopilishi bo‘yicha bayonotida: “2017-2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘rsatilganidek, huquq ustuvorligi va inson huquqlariga amal qilinishi O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini jadallashtirishning uzviy sharti hisoblanadi. Ham xorijiy, ham ichki iqtisodiy operatorlarning olib borilayotgan islohotlarga ishonchi va ularning O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kitirishga tayyorligi darajasi mazkur sohadagi doimiy o‘sishga bog‘liq. YI munosabatlarimizni kelajakda yangi darajaga ko‘taruvchi voqealarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor”lini  ma’lum qilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting