«KUN.UZ» xodimlari va hokim o‘rinbosari o‘rtasida yuz bergan holat prokuratura tomonidan tekshirilmoqda

Kuni-kecha Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari A.Vahabov hamda «KUN.UZ» nashri xodimlari o‘rtasida kelib chiqqan holat yuzasidan hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

korrespondent uz 001
Foto: Gazeta.uz

Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Natijasi haqida keng jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi.