Habib Nurmagomedov: “Konor qamoqda oʻtirishi kerak”

0

Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedov mayxonada viskisini ichishdan bosh tortgan keksa kishining yuziga tarsaki tushirgan Konor Makgregor xatti-harakatiga oʻz munosabatini bildirdi.

korrespondentuz 039
Foto: AP

Habib TMZ Sports nashriga bergan intervyusida Konorni bu kabi qiliqlari uchun qamoqqa olish kerakligini maʼlum qildi.

“Konorga oʻxshaganlar qamoqda oʻtirishlari kerak. U hech kimni hurmat qilmaydi. Bu sport uchun yaxshi emas. Uning ayrim harakatlari, shubhasiz, sport uchun foydali, ammo bu kabilari emas. U aqldan ozmoqda. Bu aqldan ozganlikning oʻzginasi. Hukumat Konorning chorasini koʻrishi lozim. Bu mening fikrim. Chunki bu videoni koʻrgandan keyin juda gʻazablandim. Men qanday qilib keksa kishiga qoʻl koʻtarish mumkinligini tushunmayman. Bugun u qari cholni uradi, ertaga nima boʻladi?”, – deya gʻazabini yashirmadi Habib Nurmagomedov

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Konor Makgregor Dublindagi mayxonalardan birida keksa yoshdagi kishining yuziga tarsaki tushirgani xabar qilingan edi. Bunga uning Konorning Proper 12 brendli viskisini ichishdan bosh tortgan sabab boʻlgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting