Atambayev oilasi nomida boʻlgan mol-mulk xatlab qoʻyildi

0

Qirgʻiziston bosh prokuraturasi Almazbek Atambayev va uning oilasi nomida boʻlgan mol mulklarni xatlab toʻgʻrisida qarorni eʼlon qildi, deb xabar qildi Sputnik.

korrespondentuz 038
Foto: Sputnik

Roʻyxatda Qirgʻizistonda faoliyati yurituvchi 25 ta bankda ochilgan hisob raqamlari keltirilgan.

Bosh prokuratura qaroriga koʻra, quyidagilar xatlab qoʻyildi:

– Atambayev nomida boʻlgan Toyota Land Cruiser (2000 yilda ishlab chiqarilgan); Mitsubishi Pajero (1997); Toyota Land Cruiser (1998); MAN (1993 y); BMW-X53 (2001) avtomashinalari;

– Alamudun tumani Qoʻy-Tosh qishlogʻidagi ikkita yer uchastkalari, sogʻlomlashtirish markazi,

– Issiqqoʻl tumanidagi yer uchastkasi;

– Alamudun tumani Arashan qishlogʻidagi koʻp yillik oʻrmonzorlar (plantatsiya), yaylov, uy;

– Alamudun va Arashan tumanlardagi koʻp yillik oʻrmonzorlar.

Atambayevning rafiqasi Raisa Atambayeva nomidagi mol-mulk: Toyota Land Cruiser (2004); Mercedes Benz (1994); GAZ 3110 (1999) avtomashinalar, shuningdek, Bishkek shahridagi Moskva va Novooktyabrsk koʻchalarida joylashgan kvartira va uy-joy.

Bundan tashqari, 10 ta yuridik va jismoniy shaxslar nomida boʻlgan mol-mulk xatlab qoʻyildi. Ular ichida “Kыrgыzavtomash”, OAO “Media Forum”, “Aprel-TV”, “Redaktsiya teleradiokompanii “Kanal D” (Kanal Di) va boshqa korxona nomlari keltirilgan. Xususan, “Kыrgыzavtomash”ga tegishli boʻlgan koʻplab uy-joylar, yer uchastkalar, temir yoʻllar, savdo markazi, doʻkon, tsex va omborxona sanab oʻtilgan.

“Tergov Atambayevning va uning yaqin qarindoshlarining jinoiy harakatlari natijasida olingan deb taxmin qilish uchun yetarli asosga ega”, – deyilgan prokuratura qarorida.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting