AQShda o‘zbeklarga viza berilmayapti. Buning sababi nima?

0

Amerika universitetlariga o‘qishga kirgan o‘zbek talabalariga, AQShda istiqomat qilayotgan o‘zbeklarning qarindoshlariga yaqin kunlardan boshlab viza berish to‘xtatilgan.

korrespondentuz 037
Foto: “Qo‘shni mahalla”

GreenCard lotereyasida g‘olib bo‘lgan o‘zbeklarning ko‘pchiligi ham suhbatdan o‘ta olmayapti.

Hozirda bu kabi holatlar yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.

“Qo‘shni mahalla” AQShda nima sababdan o‘zbeklarga viza berilmayotgani sababini aniqlashga urindi.

14-avgust kuni Bruklindagi oziq-ovqat do‘konida o‘tkazilgan reyd natijasida Nyu-York sherifining xodimlari yarim million dollardan ziyod qiymatdagi hujjatsiz tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni topgani aytilmoqda.

Alkogolli ichimliklar va sigaret sotishga ruxsati bo‘lmagan oziq-ovqat do‘konida, shuningdek, mineral suv idishlariga qadoqlangan samogon (qo‘lbola aroq) ham mavjud bo‘lgan. Rasmiylar spirtli mahsulotlar sotuvi uchun soxta litsenziyani ham topgan.

“Eng achinarlisi — tadbir payti do‘konda ishlayotgan 32 yoshli Muhabbat Ejalalova ushbu jinoyatlarda aybdor deb gumonlanib, hibsga olingan”, — deyiladi xabarda.

AQSh Davlat Departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-moliya yilida viza olish uchun murojaat qilgan O‘zbekiston fuqarolarining 61,76 foizi rad javobini olgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting