Toshkentda egasiz qoldirilgan qutilar maxsus otryad tekshiruviga sabab bo‘ldi

0
25
marta oʻqilgan

15-avgust kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi shu nomli ko‘chada joylashgan 27-uy oldida patrul-post xizmati xodimi 6 ta egasiz karton qutini ko‘rib qoldi va bu haqda tuman IIBga xabar berdi.

Foto: IIBB matbuot xizmati

Voqea joyiga IIV portlovchi buyumlarni zararsizlantirish otryadi mutaxassislari zudlik bilan yetib keldi.

Tekshiruv chog‘ida bo‘sh qutilar shu uyda joylashgan poyabzal do‘koniga tegishli ekanligi aniqlandi.