Xorijiy kinokompaniyalarga O‘zbekiston hududida amalga oshirgan suratga olish ishlari bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2020-yildan boshlab «rebate» tizimi ishga tushirilishi belgilangan.

korrespondentuz001
Foto: www.hdvideopro.com

«Rebate» – suratga olish ishlari amalga oshirilgan mamlakat hukumati tomonidan qo‘yilgan talab va shartlarni bajarish orqali, suratga olingan filmga sarflangan xarajatlarning bir qismini ishlab chiqaruvchi prodyusserga qaytarib berishdir.

Shunga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy kinokompaniyalarga O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirgan suratga olish ishlari bilan bog‘liq xarajatlarining 20 foizigacha bo‘lgan miqdori Davlat byudjeti hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.

Endilikda, O‘zbekiston kinoprodyusserlar uchun munosib kurash olib borishi, buning natijasida esa sayyohlar oqimi ortib, mamlakat imidjini yanada oshishiga olib kelib, O‘zbekiston xududida amalga oshirilgan kinoloyihalar uchun sarflangan xarajatlar mamlakat byudjetida o‘zining salmoqli o‘rnini egallashi mumkin.

Shuningdek, mazkur Farmonga muvofiq «PROlogue» xalqaro kinofestivali doirasida «LocationEXPOuz» mahalliy kinolokatsiyalar ko‘rgazmasi muntazam tashkil etib boriladi.
«LocationEXPOuz» – O‘zbekiston hududiga xorijiy kinokompaniyalarni jalb qilish maqsadida dunyoning turli mamlakatlaridagi yetakchi kinoprodyuserlar, xorijiy kinokompaniyalar va lokeyshn menedjerlarni bizning mahalliy kino kompaniyalarimiz va filmlarni suratga olish uchun yaratib berilgan imkoniyatlar bilan tanishtiruv tadbiridir.

Farmonga asosan, mahalliy kinematografiya, kinolokatsiya, kinoturizm va «Rebate» tizimini keng targ‘ib qilish maqsadida xalqaro kinotadbirlarda O‘zbekiston milliy pavilyonlarini tashkil etish va “PROlouge” xalqaro kinofestivali doirasida har yili o‘tkaziladigan «LocationEXPOuz» maxalliy kinolokatsiyalar kinoko‘rgazmasini o‘tkazish shuningdek, xorijiy kinokompaniyalarga tasvirga olish jarayonlarida bepul tashkiliy, ishlab chiqarish va texnik ko‘maklashish O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun, yillik xarajatlarni qoplash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi zimmasiga yuklatildi.

Shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xuzuridagi byudjetdan tashqari Turizmni sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari xisobidan O‘zbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari to‘g‘risidagi suratga olinadigan badiiy to‘liq metrajli, badiiy qisqa metrajli, xujjatli- xronikal filmlarni tasvirga olish uchun sarflanadigan xarajatlarning
30 foiz miqdorida, lekin 3 mlrd. so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda grantlar ajratiladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting