O‘zbekiston aholisi so‘nggi 30 yillikda birinchi marotaba ro‘yxatdan o‘tkaziladi

0

Urganch shahrida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha qilinadigan ishlarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

korrespondentuz 030
Foto: Livejournal

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda so‘nggi 30 yillikda birinchi marotaba aholi ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Aholini ro‘yxatga olish yakunlariga qarab o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo‘ladi. BMT tavsiyalariga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish 10 yilda kamida bir marotaba o‘tkazilishi belgilangan.

“Xorazm viloyatida ham ro‘yxatga olish jarayonida to‘planadigan statistik ma’lumotlar endilikda yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi, — deydi viloyat statistika boshqarmasi mutaxassisi Dilfuza Jumaniyozova. — Natijada viloyatning shahar-u tumanidan tortib mahalla-yu ko‘chasigacha, chekka qishloqlargacha aloqador barcha ma’lumotni o‘zida aks ettirgan keng qamrovli axborot manbasiga ega bo‘ladi”.

Aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda va monitoringni yuritishda, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda foydalaniladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting