Shavkat Mirziyoyev: Odamlarga nima manfaat keltirsa, shuni qilamiz

0

12-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev jahon iqtisodiyotidagi raqobatni “shafqatsiz okean”ga qiyosladi, deb xabar beradi O‘zA.

korrespondentuz 029
Foto: O‘zA

“Zamon o‘zgaryapti, mahsulotga talab o‘zgaryapti. Shunga munosib bo‘lganlar daromad topa oladi. Odamlarga nima manfaat keltirsa, shuni qilamiz”, — dedi Prezident.

Tarmoqlar va hududlarda eksportni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari tahlil qilinar ekan, davlat rahbari o‘tgan uch yil mamlakat uchun “repititsiya” – poydevor bo‘lgani, endi natija olinadigan vaqt kelganini ta’kidladi.

“Biz katta marra oldik. Xalqimiz oldida ulkan mas’uliyat bu. Odamlar katta ishonch bildiryapti. Buni oqlash uchun halol-pok, sadoqat bilan mehnat qilishimiz kerak”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting