Medvedev o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish uchun deyarli 6 milliard rubl ajratilishini e’lon qildi

0

RF Vazirlar Mahkamasi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun deyarli 6 milliard rubl ajratadi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

korrespondentuz 019
Foto: Komsomolskaya pravda

Ta’kidlanishicha, mablag‘ zahira fondidan ajratiladi.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq eng qiyin vaziyatlar Irkutsk viloyati, Krasnoyarsk o‘lkasi va Yakutiyada qayd etilgan. Shuningdek, u yong‘inni o‘chirish ishlari davom etayotganini va uni nazorat qilish kerakligini aytdi.

Hukumat rahbari, yozda toshqin tufayli aholisi zarar ko‘rgan Amur viloyatiga byudjetdan yana 600 million rubl ajratilishini ta’kidladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting