Qirg‘izistonning sobiq rahbariga qilingan hujum natijasida 79 kishi jarohat oldi

0

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining maxsus kuchlari va sobiq prezident Almazbek Atambayev tarafdorlari Koy-Tosh qishlog‘idagi uyida to‘qnashuv qurbonlari soni 79 kishiga yetdi. Bu haqda “Interfaks” Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Yildiz Aygerchinovga tayanib xabar berdi.

korrespondentuz 018
Foto: AKIP Press / Facebook

Aygerchinovning so‘zlariga ko‘ra, 7-avgust kuni 52 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi, 8-avgust kuni yana 27 kishi, jumladan maxsus kuchlar. Natijada jarohat olganlar soni 79 kishini tashkil qildi.

Avvalroq Qirg‘izistonning sobiq yetakchisi Almazbek Atambayev Koy-Tosh voqealari paytida jinoyat sodir etganlikda ayblangani haqida xabar berilgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting