Serbiya siyosatchisi Kosovoni Rossiyaga topshirishni taklif qildi

0

“Sog‘lom Serbiya” partiyasi raisi Milan Stamatovich tan olinmagan Kosovoni Rossiyaga topshirishni taklif qildi. Bu haqda EurAsia Daily xabar bermoqda.

korrespondentuz 017
Foto: Ria Novosti

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Serbiyaning o‘z hududiy yaxlitligini saqlab qolishning yagona yo‘li. Siyosatchi bu bayonotni Tiranada alban ildiziga ega har kim Albaniya fuqaroligini olishi mumkinligi haqidagi qonunni ma’lum qilganda aytdi.

Shuningdek, u Albaniya endi Kosovo va Metoxiyani qo‘shib olish niyatini yashirmayotganini ta’kidladi.

Stamatovichning so‘zlariga ko‘ra, Kosovoda Rossiya hukumati tashkil etilsa, ushbu hududlarda yashaydigan serblar Rossiya fuqaroligini olishlari mumkin.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting