Elmira Bositxonova Nukusda piketga chiqqan ayollar huquqini himoya qilish uchun Qoraqalpog‘istonga yo‘l oldi

0

Ijtimoiy tarmoqlarda 1-avgust kuni Nukus shahrida — Saviskiy nomidagi muzey ro‘parasida Tileo‘biyke Uldasheva hamda Perizat Begjanova Qoraqalpog‘istondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan norozi bo‘lib kelishilmagan namoyishga chiqqani, shundan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ular hamda piketni tasvirga olmoqchi bo‘lgan fuqarolarga nisbatan bosim ishlatilgani haqida xabarlar tarqaldi.

korrespondent uz 004
Foto: Axborot va ommvaiy kommunikatsiyalar agentligi

Qisqa vaqt mobaynida ijtimoiy tarmoqda “V Nukuse na ploshadi Svobodi razognali aksiyu protesta” sarlavhali mazkur maqola qahramonlariga achinish va ularni yoqlovchi, mamlakat rahbariyati hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi sha’niga dog‘ tushiruvchi 25 ta izoh va 125 ta layk hamda dizlayk qoldirilgan. Ushbu xabar 200 ga yaqin internet foydalanuvchisi tomonidan ulashilgan.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova voqeani joyiga chiqib o‘rganish va bu ayollarning huquqlarini muhofaza qilish, muammolariga hududdagi rahbarlar bilan birgalikda yechim izlash maqsadida 7-avgust kuni Qoraqalpog‘istonga jo‘nadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting