Onlayn auksion orqali “chiroyli” avtomobil raqamlari sotuvi oshmoqda

0

29-iyuldan 4-avgustgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 727 ta avtomobil raqami sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi xabar qildi.

korrespondentuz 007
Foto: “Daryo”

Sotilgan davlat raqami belgilarining umumiy summasi 2,8 milliard so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 20,8 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 51,6 foizi ikkinchi va 27,6 foizi uchinchi toifadagi avtoraqamlarga tegishlidir.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 618 milliard so‘mni tashkil etdi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan polietilen va polipropilen 401 ming dollarni tashkil etdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting