“Arsenal” himoyachisi “Bordo”ga o‘tdi

0
6
marta oʻqilgan

“Arsenal” himoyachisi Loran Kosyelni faoliyatini Fransiyaning “Bordo” klubida davom ettiradi. Bu haqda London klubining rasmiy saytida xabar berildi.

korrespondentuz 005
Foto: Google Images

Shartnoma shartlari hamda qancha muddatga imzolangani ochiqlanganicha yo‘q.

“Loranning jamoaga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda kelajakdagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz”, — deyiladi “Arsenal” matbuot xizmati bergan xabarda.

Avvalroq “kanonirlar” Kosyelnini “Bordo”ga 4,6 million funt evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilingandi. Futbolchiga “Lion” va “Renn” klublari ham qiziqish bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, Kosyelni 2010-yildan buyon “Arsenal” safida to‘p surib kelayotgandi va u 9 yil mobaynida “to‘pchilar” bilan 3 bor Angliya Kubogi hamda 2 marotaba mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, fransiyalik himoyachi ortda qolgan mavsum Angliya Premyer ligasida 17 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol urishga erishdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting