Shavkat Mirziyoyev mobil telefondan foydalanadimi?

0

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Alter Ego dasturiga bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mobil telefon tutushini ma’lum qildi.

korrespondentuz 004
Foto: Prezident matbuot xizmati

“U telefondan foydalanadimi? Odamlar unga qo‘ng‘iroq qilishadimi?” degan savolga Allamjonov “Men buni aniq bilmayman, lekin bir-ikki marta mobil telefon orqali gaplashganini ko‘rganman”, deya javob bergan.

Komil Allamjonov, shuningdek, intervyu davomida prezidentga olib kiriladigan ma’lumot hamda axborotlar haqida ham gapirib bergan:

“Prezidentga olib kiriluvchi ma’lumotlar filtrlanmaydi. Men sizga bu nima uchun shunday qilinishini tushuntirib beraman. Prezident bir nechta ma’lumot manbalariga ega. Agar bitta jamoa filtrlab, qisqartirilgan ma’lumot bersa, boshqa jamoa bu haqda baribir axborot taqdim etadi. Tushunyapsizmi? Shu tariqa, kimdir juda qattiq gap eshitishi mumkin. Shuning uchun kun davomida paydo bo‘lgan barcha narsalar haqida xabar beriladi.

Albatta, matnlar to‘liq hajmda taqdim etilmaydi, faqat siqilgan holda, maksimal darajada. Faktlar keltiriladi. Ya’ni filtrlashning iloji yo‘q, sababi, yana bir bor qaytaraman, prezidentda ma’lumot olishning juda ko‘p imkoniyatlari bor, shu jumladan internet orqali ham. Ehtimol ilgari filtrlash mumkin edi, sababi internet yo‘q, saytlar ham deyarli bo‘lmagan, faqat gazetalar. Ularni esa kesish va faqat kerak bo‘lgan narsalarni berish mumkin edi. Hozir yashira olmaysiz”, — dedi Komil Allamjonov.

Shuningdek, uning aytishicha, O‘zbekiston Prezidenti mobil telefonga ham ega.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting