Toshkent shahar IIBB Bo‘rijar kanalidan topilgan jasad haqida axborot berdi

0

5-avgust kuni Bo‘rijar kanalidan erkak kishining jasadi topilgan edi.

korrespondentuz 003
Foto: “Kun.uz”

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, 5-avgust kuni soat 10:40 da “102” raqamiga 31 yoshli Bobur ismli fuqarodan qo‘ng‘iroq bo‘lgan.

Fuqaro o‘z murojaatida Chilonzor tumani hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalida erkak kishining jasadini ko‘rganini ma’lum qilgan.

FVV qutqaruvchilari jasadni suvdan chiqarib olgan. Jasad 1-avgust kuni bedarak yo‘qolgan sifatida qidiruv e’lon qilingan, Shayxontohur tumanida yashagan 27 yoshli A.M.ga tegishli ekanligi aniqlandi.

Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting