Abdulaziz Komilov Turkiya prezidenti bilan uchrashdi

0

2019-yilning 6-avgust kuni O‘zbekiston va Turkiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamraisligidagi Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining birinchi yig‘ilishida hamda Turkiya elchilarining XI yillik konferensiyasida ishtirok etish uchun Anqara shahriga kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirigi xabar berdi.

korrespondent uz 001
Foto: UzReport

Vazir O‘zbekiston rahbarining Turkiya prezidenti va birodar xalqiga yo‘llagan iliq salomini va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘z navbatida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini yuqori baholadi, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish jarayonidagi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarining muhim rolini e’tirof etdi.

Suhbat chog‘ida oliy darajadagi uchrashuvlar hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo aralash komissiya va Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining yig‘ilishlari natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni yuzasidan fikr almashildi, ikki tomon kun tartibining boshqa jihatlari, xususan asosiy qo‘shma tadbirlarning jadvali ko‘rib chiqildi.

Joriy yilda Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari raisligida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Oliy darajadagi O‘zbekiston—Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.

Oliy darajadagi muntazam O‘zbekiston— Turkiya muloqoti, ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlar bilan shakllangan ishonch, o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish muhiti davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam asos hisoblanishi qayd etildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting