“Barselona” Malkom transferidan tushgan mablag‘ga kimni sotib olishi ma’lum bo‘ldi

0
14
marta oʻqilgan

“Barselona” rahbariyati yarim himoyachi Malkomni “Zenit”ga sotgandan so‘ng undan tushgan pulga qaysi futbolchini sotib olishi ma’lum bo‘ldi.

korrespondent.uz 013
Foto: Google Images

Braziliyalikning transferi peterburgliklarga qo‘shimcha bonuslar bilan hisoblaganda 45 million yevroga tushgandi.

Calciomercato’ning xabar berishicha, Kataloniya klubi tushgan pulni “Betis” himoyachisi Ektor Firponi sotib olishga sarflaydi. Sevilya klubi 22 yoshli himoyachi bilan tuzgan shartnomasida belgilanga 50 million yevro miqdoridagi tovon puliga qaramasdan, uni 30 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli Firpo “Betis” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018/19-yilgi mavsum “Betis” safida 38 ta o‘yinda 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Firponing amaldagi shartnomasi 2023-yilning yozida yakuniga yetadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting