HRW vakili — Jasliq qamoqxonasining yopilishi haqida: “Prezident Mirziyoyev juda katta siyosiy jasorat namoyish etdi”

0

Human Rights Watch (HRW) xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti vakili Stiv Sverdlou Qoraqalpog‘istonning Jasliq qo‘rg‘onchasidagi 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish muassasasi faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2-avgust kuni imzolangan qarorga munosabat bildirdi.

O‘zbekistondan fantastik yangilik. Prezident O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida joylashgan, tavqi lan’atga uchragan Jasliq qamoqxonasini yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi… Bu shubhasiz O‘zbekiston uchun yaxshi yangilik. Umid qilamanki, bu butun bir davrning haqiqatda xotima topishidir.

O‘zbekistonning zo‘ravonlik bilan uyg‘un dunyoga dong‘i ketgan ayrim ishlari aynan Jasliq bilan bog‘liqdir. Qamoqxonani yopish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qilar ekan, Prezident juda katta siyosiy jasorat namoyish etdi. Endi tarixni o‘rganib, u hech qachon takrorlanmasligi uchun xulosa chiqarish zarur.

Stiv Sverdlou, HRW vakili

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting