AQShning sobiq elchisi: “Yangi O‘zbekistonga Jasliqqa o‘xshash maskanlar kerak emas”

0

AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Pamela Spratlen xonim Jasliq qamoqxonasining yopilishini “o‘tmish bilan rishtalarni uzish uchun o‘ta kuchli ishora” deb atadi. U bu haqda Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan.

korrespondent.uz 010
Foto: Daryo.uz

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2-avgust kuni imzolangan qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘istonning Jasliq qo‘rg‘onchasida joylashgan Qoraqalpog‘iston IIVning 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish muassasasi faoliyati tugatiladi.

Juda ham ramziy ahamiyatga ega qaror! Modomiki Jasliq to‘liq yopilar ekan (u umuman qayta ochilmasligi lozim), bu voqea o‘tmish bilan rishtalarni uzish uchun o‘ta kuchli va zarur ishora bo‘ladi.

Yangi O‘zbekiston uchun unday maskanlar kerak emas va hukumat buni anglab yetgani nihoyatda muhimdir.

Pamela Spratlen, AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting