O‘zbekistonda tonirovka bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

0

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 2-avgustdagi 646-sonli qarori bilan tonirovkaga ruxsat berildi.

korrespondent.uz 006
Foto: “Huquqiy axborot”

Tonirovkaning yorug‘lik o‘tkazuvchanlik darajasi quyidagicha belgilandi:

  • orqa oyna (lobovoy) – 100 foizgacha;
  • orqa yon oyna (orqa eshik) – 100 foizgacha;
  • old yon oynaga (haydovchining yoni) – 50 foizgacha;
  • old oynaning tepa qismidan 14 sm polosa – 100 foizgacha;
  • turistik avtobus, mikroavtobus va miniven yon oynalari – 50 foizgacha.

Tonirovka narxlari:

  • Orqa oyna (lobovoy) uchun: TEKIN (ruxsatnoma olish shartmas);
  • Old oynaning tepa qismidan 14 santimetr polosa – TEKIN (ruxsatnoma olish shartmas).

Orqa yon oyna (orqa eshik) uchun:

  • jismoniy shaxslarga — 10 barobar (2 million 230 ming so‘m);
  • yuridik shaxslarga — 10 barobar (2 million 230 ming so‘m);
  • xorijiy tashkilotlarga — 20 barobar (4 million 460 ming so‘m).

Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar):

  • jismoniy shaxslarga — 50 barobar (11 million 150 ming so‘m);
  • yuridik shaxslarga — 50 barobar (11 million 150 ming so‘m);
  • xorijiy tashkilotlarga — 80 barobar (17 million 840 ming so‘m).

Turistik avtobuslar ham 50 barobar (11 million 150 ming so‘m) miqdorida.

Parda masalasida ham katta o‘zgarish:

  • agar har ikki tomonda “bokovoy” ko‘zgular bo‘lsa, yengil mashinaning orqa va yon oynalariga pardalar o‘rnatishga ruxsat berildi. Buning uchun ruxsatnoma olish yoki to‘lov qilish shartmas.
  • Ichki ishlar organlari tonirovkaga ruxsat berilganligi to‘g‘risida maxsus emblema (gologramma) beradi va haydovchilar ushbu gologrammani old oynalarga yopishtirib yurishlari lozim;
  • 2 oy muddatda tonirovka uchun belgilangan jarimalar miqdori tonirovka uchun to‘lov stavkalariga teng bo‘lgan miqdorda (hozir 5 million 575 ming so‘m edi) o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting