Yakshanba, 25-Avgust 2019

O‘zbekiston TIVda Germaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

0

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 3-avgust kuni Germaniya hukumatining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Markus Potsel bilan uchrashdi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat chog‘ida Afg‘oniston muammosini hal qilish borasidagi O‘zbekiston va Germaniya sa’y-harakatlari muhokama qilingan.

korrespondent.uz 005
Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birgalikda muvofiqlashtirish zarurligiga e’tibor qaratilgan. Germaniya maxsus vakili ikki tomonlama muhim masalalar bo‘yicha hamkorlikning hozirgi darajasiga yuqori baho berdi va Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikning ustuvor jihatlari bo‘yicha O‘zbekiston va Germaniya mavqelari yaqinligini ta’kidlagan.

“Alohida qayd etilganidek, Germaniya hukumati Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlash, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani tiklash, xususan qo‘shni mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlari uchun milliy kadrlar tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati qadamlarini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi O‘zbekiston TIV axborotida.

Uchrashuvda ikki mamlakatning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari apparatlari hamda O‘zbekiston va Germaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida Afg‘oniston masalalari bo‘yicha konstruktiv va o‘zaro maqbul muloqotni bundan keyin ham davom ettirishga tomonlarning tayyor ekanliklari bildirilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting