Yakshanba, 25-Avgust 2019

Toshkent viloyati hokimi lavozimidan salomatligi tufayli ketgan G‘ulomjon Ibragimov zavodga direktor bo‘ldi

0

O‘z vaqtida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari va Toshkent viloyati hokimi lavozimlarida ishlagan G‘ulomjon Ibragimov “Birinchi rezinotexnika zavodi” kompaniyasi direktori etib tayinlandi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

korrespondent.uz 004
G‘ulomjon Ibragimov. Foto: “Kun.uz”

G‘ulomjon Ibragimov Toshkent viloyati hokimi lavozimida 2017-yil oktabrida paxta hosilini qo‘shib yozgani uchun ishdan olingan Shukrullo Boboyev o‘rniga ish boshlagan edi. U 2018-yil yanvarida Toshkent viloyati hokimi lavozimiga to‘la tasdiqlangan, 2019-yil iyunida esa salomatligi tufayli lavozimdan ozod etilgan edi.

Ibragimov 1958-yil Toshkent viloyatining Piskent tumanida tavallud topgan. 1980-yilda Toshkent politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti)ni, 2003-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy ishbilarmonlik maktabini tamomlagan.

Ko‘p yillar davomida Olmaliq kimyo zavodida mehnat qilgan, 2004—2010-yillarda “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2010-yildan O‘zbekiston hukumati tarkibida bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Angrendagi shina ishlab chiqarish zavodi O‘zbekiston Prezidentining 2014-yildagi tegishli qaroriga muvofiq, qurib bitkazilgan. Zavodda 2018-yil iyuldan boshlab ko‘p turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting