Yakshanba, 25-Avgust 2019

Toshkentda DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ustidan sud boshlandi

0

Toshkentda sobiq Bosh prokuror va Davlat xavfsizligi xizmati rahbari Ixtiyor Abdullayev ustidan sud boshlandi.

korrespondent.uz 010
Foto: Xalq so‘zi

Abdullayevning ishi o‘ta maxfiy ko‘rinishda bo‘lgani uchun jarayon harbiy sudda bo‘lib o‘tmoqda. Sudga Umid Shokirov raislik qilmoqda.

Sudlanuvchilar safidan jami 24 kishi o‘rin olgan. Ularning yarmi tergov hibsxonasidan olib kelindi, qolganlari garov va manzilini tark etmaslik haqidagi tilxat asosida ochiqlikda bo‘lgan.

Sudga sudlanuvchilarning yaqinlari tomonidan yollangan 5 nafar advokat qo‘yilmadi. Bir necha soat kutishdan so‘ng ularning oldiga sud xodimlari chiqdi va ayblanuvchilar ularning xizmatidan voz kechgani, ishda faqat davlat advokatlari ishtirok etishini bildirdi.

Buni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting