Qoraqalpog‘istondagi Taxiatosh IESida favqulodda holat yuz berdi

0

Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida 18-iyul kuni yuz bergan favqulodda vaziyat tufayli IESning ikki energiya bloki to‘xtatildi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

korrespondent.uz 009
Foto: Sputnik

“Bugun soat 10:43 da Taxiatosh IESining birinichi energoblokida texnik himoya ishlab ketishi natijasida to‘xtatildi. 12 soniyadan so‘ng ikkinchi energoblokda va turbogeneratorlardan birida ham himoya tizimi ishlab ketdi”, — deyilgan vazirlik xabarida.

Hozirgi vaqtda ushbu holatning sabablari o‘rganilmoqda. Energiya bloklarini ishga tushirish imkoniyati qidirilmoqda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, IES to‘xtashi oqibatida Xorazm viloyatining bir necha tumanlarida va Qoraqalpog‘istonda energiya ta’minot tizimi uzilgan.

Eslatib o‘tamiz, Taxiatosh IESining quvvati 730 MVt elektr stansiyasi tarkibida 3 ta energoblok va uchta turbogenerator ishlaydi. IES O‘zbekiston g‘arbini elektr toki bilan ta’minlaydi.

Ushbu IESni zamonaviylashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderni 2016-yilda Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering kompaniyasi yutib chiqqandi. Umumiy qiymati 700 million dollar bo‘lgan rekonstruksiya ishlari 2021-yilgacha mo‘ljallangan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting